Foydalanish qo'llanmasi
Saytdan foydalanish bo'yicha savollaringiz bo'lsa, quyidagi bo'limlarni oching.
Ro'yxatdan o'tish tartibi quyidagicha:
1. Ro'yxatdan o'tish formasiga quyidagi ma'lumotlar kiritiladi va "Kirish" tugmasi bosiladi:
- Ism, familiya
- Username
- Email yoki telefon raqam
- Parol
- Parolni tasdiqlash
- Captcha kod
2.1. Agar "email yoki telefon raqam" maydoniga elektron pochtangizni kiritgan bo'lsangiz:
"Kirish" tugmasini bosganingizdan keyin sizning elektron pochtangizga tasdiqlash havolasi yuboriladi. Elektron pochtangizni ochib, shu havolani bosish orqali saytdagi akkauntingizni tasdiqlaysiz. Pochta tasdiqlanganidan keyin saytga avtomatik login qilinasiz.
2.2. Agar "email yoki telefon raqam" maydoniga telefon raqamingizni kiritgan bo'lsangiz:
"Kirish" tugmasini bosishdan avval:
- @krosvord_uz_bot Telegram botini ochasiz
- "Start" tugmasini bosasiz
- Telefon raqamingizni +998xxxxxxxxx ko'rinishida yuborasiz
Keyin yana ro'yxatdan o'tish formasiga qaytib qolgan barcha maydonlarni to'ldirasiz va "Kirish" tugmasini bosasiz.
Shundan keyin telegram bot orqali sizga tasdiqlash kodi yuboriladi. Shu kodni ochilgan sahifadagi maydonga kiritib, telefon raqamingizni tasdiqlaysiz.
Telefon raqamingiz tasdiqlanganidan so'ng avtomatik ravishda saytga login qilinasiz.
- Asosiy menyudan "O'yinlar" bo'limi orqali "Krossvordlar" sahifasiga o'ting.
- Ro'yxatdan o'zingizga yoqqan mavzu yoki kategoriyadagi krossvordni tanlang.
- Krossvord sahifasida gorizontal va vertikal so'zlar ro'yxati hamda katakchalar jadvali ko'rsatiladi — kerakli katakchani tanlab, harflarni kiriting.
- So'zlar kesishgan joylardagi harflar bir-biriga mos kelishi kerak; noto'g'ri harf kiritilsa, uni tuzatishingiz mumkin.
- Barcha so'zlarni to'g'ri to'ldirgach, natija tekshiriladi va statistikangizga (yechilgan/yechilmagan krossvordlar) qo'shiladi.
- 1. Kataklarga harflar yozishda foydalanuvchi har bir yoziladigan katakka kursorni o'zi o'tkazishi shart emas. Bitta katakka harf yozilgandan so'ng kursor avtomatik ravishda o'zi keyingi katakka o'tadi. O'chirishda ham xuddi shunday ishlaydi.

- 2. Agar katakda biror belgi yozilgan bo'lsa va uni o'zgartirmoqchi bo'lsangiz uni o'chirib keyin yozish shart emas. Shunchaki, katakni belgilab, kerakli harfni yozishingiz yetarli, bunda oldingi yozilgan harf avtomatik tarzda o'chib, siz tanlagan harf yoziladi.

- 3. ch, sh, ng, o', g' kabi ikki belgi mavjud bo'lgan so'zlarni yozish:
- 3.1. bunday harflar mavjud kataklarda ikkala belgi ketma-ket terilganda, kursor shu katakda turadi, harf yozib bo'lingandan so'nggina kursor keyingi katakka o'tadi

- 3.2. agar bunday harfni yozishda noto'g'ri belgini yozib qo'ysangiz kursor avtomatik tarzda keyingi katakka o'tib ketadi. Endi bu katakka ikki belgidan iborat harfni yozish uchun katakda yozilgan noto'g'ri to'liq o'chirib keyin yozishingiz kerak.

- 4. Agar krosvord maydonidagi kataklar kichik ko'rinsa tepadagi + va - tugmalari bilan krosvord maydonini masshtablash mumkin. Agar krosvord maydonini butun ekran bo'ylab ko'rmoqchi bo'lsangiz [ ] tugmasini bosasiz. Butun ekran rejimidan oddiy rejimga qaytish uchun esa kompyuterda esc tugmasini, telefonda esa yana [ ] tugmasini bosasiz.

- 5. Krosvordga biror so'zni yozmoqchi bo'lsangiz shu so'zga tegishli biror katakni tanlaysiz, shunda shu so'zning savoli krosvord maydoni tepasida ko'rinadi, so'zga tegishli kataklar esa alohida rangda ajratib ko'rsatiladi.
- 6. Agar avval savolni tanlab, uning javobini yozmoqchi bo'lsangiz, o'ng tomondagi savollar ro'yxatidan kerakli savolni tanlaysiz, shunda krosvord maydoni shu savolga tegishli kataklar alohida rangda ajratib ko'rsatiladi. O'ng tomondagi savollar ro'yxati ikki qismdan iborat: vertikal yoziladigan so'zlarning savollari va gorizontal yoziladigan so'zlarning savollari.

- 7. Krosvordni telefon yoki kompyuterda yechishni xohlamasangiz, uni PDF shaklida yuklab olib, printerda qog'ozga chiqarib olishingiz ham mumkin. Buning uchun krosvord maydoni ostida joylashgan "PDFga yuklash" tugmasini bosasiz.

- 8. Agar biror krosvordni do'stlaringiz yoki yaqinlaringizga yubormoqchi bo'lsangiz, krosvord maydoni ostida joylashgan "Baham ko'rish" tugmasini bosib, krosvord web havolasini nusxalab olib, shu havolani ularga jo'natsangiz bo'ladi.
- 9. Agar krosvordni ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'rmoqchi bo'lsangiz, krosvord maydoni ostida joylashgan ijtimoiy tarmoqlar logotipi tushirilgan tugmalardan birini bosasiz.
- 10. Agar krosvordni yechishda qiyinchilikka duch kelsangiz, sizga yordam beradigan "So'zni aytish" va "Harfni ochish" tugmalari mavjud. Buning uchun avval krosvord maydonida biror so'zning istalgan katagini tanlaysiz, so'ngra "So'zni aytish" tugmasini bosasiz. Shu bilan birga, agar siz faqat biror harfni bilmoqchi bo'lsangiz, avval krosvord maydonida shu harf yozilgan katakni tanlaysiz, so'ngra "Harfni ochish" tugmasini bosasiz.
